18:21 / 07.04.2016
1603

Apple AQShda iPhone SE telefonlarini sotib bo‘ldi

Amerikaning elektrotexnika mahsulotlari bilan savdo qiluvchi barcha yirik savdo markazlarida iPhone SE telefonlarining operator sim kartalariga bog‘lanmaganlari sotib bo‘lingan. Bu haqda TheNextWeb xabar qildi.

iPhone smartfonining yangi modeli AQShning aksar savdo markazlarida hamda onlayn do‘konlarda sotuvda mavjud emas.

Mobil qurilmaning kelgusi partiyasi aprel oyining yigirmanchi kunlariga kelishi aytilmoqda. Ammo, ayrim mobil operatorlar ixtiyorida uncha ko‘p bo‘lmagan zaxira qolgan.

iPhone SE savdolari boshlangach, ekspertlar ham jurnalistlar ham qurilmaga bu darajada qiziqish bo‘lishini taxmin qilishmagan edi. Chunki, Apple bu mahsulotida aytarli yangilik taklif etmagandi.

Aytish mumkinki, iPhone SE tez sotilishi Apple rahbarlari uchun ham kutilmagan hol bo‘ldi. Ular mahsulotni sekinlik bilan sotishga umid qilishgan, ammo, amalda bunday bo‘lmadi.

iPhone SE tannarxi, IHS ekspertlarining fikricha, 16 Gb lisi 160 va 64 Gblisi 170 dollar turadi.

Top