09:09 / 07.04.2016
13803

Avaz Olimov o‘g‘lini uylantirdi

2 aprel kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Avaz Olimov to‘ng‘ich o‘g‘li Javlon Olimovni uylantirgan. Bu haqda Umar Shamsiyev, “Afruz” guruhi a'zolari va Farrux Komilov kabi estrada olami vakillarining ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan suratlarga asoslanib, qalampir.uz xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, to‘y 2 aprel kuni Toshkent shahridagi “Charog‘on” restoranida bo‘lib o‘tgan.

Xabarda aytilishicha, to‘yda O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Farrux Zokirov ham mehmon bo‘lgan va ular birgalikda bir sahnada duet ham kuylashgan.

Ma'lumot uchun, 5-6 yil avval otasining izidan borib, xonandalikni boshlagan Javlon Olimov “Ayyora”, “Mana shunday” nomli qo‘shiqlari bilan chiqishlar qilgan.

Top