13:01 / 07.04.2016
1398

BP’ning sobiq muhandisi Meksika bo‘g‘ozidagi halokat uchun 10 oyga sudlandi

Buyuk Britaniyaning BP (British Petroleum) neft kompaniyasining sobiq xodimi suvni ifloslantirish to‘g‘risidagi qonunni buzgan deb topilib, mahkama tomonidan 10 oylik shartli jazoga mahkum etildi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

Sud ishi 2010 yili Meksika bo‘g‘ozidagi neft platformasida sodir bo‘lgan halokat natijalari yuzasidan bo‘lib o‘tgan.

Tergov ma'lumotlariga binoan, Deepwater Horizon burg‘ulash uskunasi rahbari Donald Vidrayn portlashdan oldingi tekshiruv ishlariga mas'uliyatsiz yondashgani oqibatida, Meksika bo‘g‘ozi suvlariga 5 million barrel neft oqib chiqqan edi.

Eslatib o‘tamiz, Yangi Orlean sudi AQSh va BP o‘rtasidagi kelishuvni ma'qullagandi. Unga muvofiq, neft kompaniyasi 20 mlrd dollar jarima to‘lashi shart. 

2010 yil aprelida BP’ning Meksika bo‘g‘ozidagi platformasida yuz bergan portlash natijasida 11 kishi qurbon bo‘lgan edi.

Top