14:16 / 07.04.2016
1332

Bryussel aeroportida o‘zini portlatgan terrorchilardan biri Yevroparlamentda farrosh bo‘lgan

2016 yilning 22 mart kuni Belgiya poytaxtidagi xalqaro aeroporti kutish zalida o‘zini portlatib yuborganlardan biri 2009-2010 yillarda Yevroparlamentda farrosh sifatida faoliyat yuritgan. Ushbu ma'lumotni Yevroparlament matbuot xizmati ham tasdiqlagan.

Axborotda uning ismiga oydinlik kiritilmagan bo‘lsada, o‘sha paytlarda talaba bo‘lgan jinoyatchi yozgi ta'tilida Yevroparlamentni tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi firmaga yollangan. Farroshlik kompaniyasi o‘z navbatida, xodimining jinoiy ishlarga aloqasi yo‘qligiga Yevroparlamentni ishontirgan.

RTL telekanali esa, politsiyadagi manbasiga tayangan holda, Najim Laxraviy haqida gap borayotganini ta'kidlamoqda. U Parijdagi 13 noyabr voqealari ijrochilariga xudkush belbog‘larini tayyorlab berganlikda ham gumon qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni ertalab Bryussel aeroportida ikkita va "Maelbek" metrosi yaqinida bitta portlash sodir etilgan edi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, xunrezliklar natijasida 35 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 340 nafar inson jabrlangan.

Top