08:23 / 07.04.2016
1791

Tsukerberg Facebookning yangi funksiyasini namoyish etish uchun jonli efirga chiqdi

Facebook rahbari Mark Tsukerberg tarmoqning yangi funksiyasi — Facebook Live haqida jonli efir orqali xabar qildi. Translyatsiyani uning rasmiy sahifasida tomosha qilish mumkin.

Yangi xizmatning funksiyalari orasida video bo‘yicha bir zumda taassurotlarni almashish va do‘stlarni tomosha qilishga taklif qiladigan guruhli striming mavjud.

Bundan tashqari, translyatsiyani barcha yangiliklar lentasida yoki alohida do‘stlar guruhi orqali baham ko‘rish mumkin.

Tsukerbergning qayd etishicha, xizmat mashhur insonlar (aktyor, musiqachi yoki sportchilar) bilan bir qatorda oddiy foydalanuvchilarga ham foydali bo‘lishi mumkin.

Bu kabi xizmat turi jonli translyatsiyalarga mo‘ljallangan Periscope xizmatining raqobatdoshiga aylanishi mumkin.

Top