08:39 / 07.04.2016
1443

Diter Xekking: «Endi o‘zingiz ko‘rdingiz: futbolda barchasining iloji bor»

«Volfsburg» jamoasi bosh murabbiyi Diter Xekking YeChLning chorak finalida «Real» jamoasidan qozonilgan g‘alabadan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi.

«2:0 – javob uchrashuvi oldidan katta ustunlik taqdim etadi. Biz safarda ham gol urishimiz kerak, keyin madridliklarning hujumlarini qaytarish haqida o‘ylaymiz.

Kecha sizning ko‘zlaringizga qarab, mening so‘zlarimga ishonmayotganingizni ko‘rgandim. Endi o‘zingiz ko‘rdingiz: futbolda barchasining iloji bor.

Bugun bizning asosiy o‘yinchilarimizdan biri Bruno Enrike. Biz uni maydonga tashlab «Real»ni hayratlantirishni istagandik.

Marselo va Arnold o‘rtasidagi vaziyatmi? Bu sportga xos bo‘lmagan vaziyat edi, bunday ishlarni futbol maydonidan tashqarida qilish kerak», — deydi Xekking.

Top