11:09 / 07.04.2016
4062

Eng kuchli zamonaviy smartfon nomi aniqlandi

Mobil qurilmalarning ishlab chiqarish darajasini o‘lchash bilan shug‘ullanuvchi taniqli Antutu benchmark-dasturi vakillari 2016 yilning birinchi mavsumidagi eng kuchli smartfonlar reytingini tuzib chiqishdi.

Birinchi o‘rinni Xitoy flagmani bo‘lgan Xiaomi Mi5 smartfoni egalladi. Uning ketidan esa uncha katta bo‘lmagan ko‘rsatkich bilan Samsung Galaxy S7 edge va iPhone 6s kuchli uchlikni tashkil etdi.

“Eng kuchli o‘ntalik”ka kirgan smartfonlar quyidagilar:
1. Xiaomi Mi5 (136875 ball)
2. Samsung Galaxy S7 edge (134599 ball)
3. Apple iPhone 6s (133781 ball)
4. Huawei Mate 8 (91157 ball)
5. Meizu Pro 5 (86322 ball)
6. Samsung Galaxy Note 5 (83364 ball)
7. LeTV Max (81584 ball)
8. iPhone 6 (80223 ball)
9. Vivo Xplay 5 (78454 ball)
10. Samsung Galaxy S6 (76912 ball)

Reyting mualliflari qayd etishicha, ro‘yxatda asosan Xitoy telefonlari sonining oshganini ko‘rish mumkin. Yangi o‘nlikdagi qurilmalarning yarmi Xitoyda ishlab chiqarilgan.

“Bu yilda kutilmagan sovg‘alarga tayyor turing”, - deyiladi hisobotda.

Shuni ham ta'kidlash lozimki, yil so‘ngiga kelib elektron bozorda bir qancha yangi flagmanlar, jumladan, Apple iPhone 7 va Galaxy Note 6 paydo bo‘ladi. Shu sababli uchinchi va to‘rtichi mavsumda reyting keskin o‘zgarishi kutilmoqda.

Top