Mashhur aktyor va rejissyor Jyeki Chan 7 aprel kuni 62 yoshni qarshi oldi. Asli ismi Chan Kong Sung (Hongkongda tavallud topgan Chan) bo‘lgan aktyor o‘zining jangovor tryuklari, uddaburon obrazlari va sarguzashtga boy filmlari bilan yoshu-qarini birdek ko‘nglidan joy olgan. U «Politsiya hikoyalari», «Men kimman», «Tig‘iz vaqt», «Tig‘iz vaqt 2», «Shanxay ritsarlari», «Smoking» va boshqa ko‘plab mashhur kinolarda esda qolarli rollar ijro etgan.
Jyeki o‘z tvitter sahifasida quyidagi izohni qoldirdi: «Biz qalban hali ham yoshmiz. Yoshlikning har bir daqiqasidan bahramand bo‘ling!!!»