19:24 / 07.04.2016
8762

"Mashhura" o‘quv markazi rahbari O‘zDJTUdagi qizlar klubida maxsus seminar-trening o‘tkazdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetidagi GDC Girls development club qizlar klubining navbatdagi seminar treningi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvga "Mashhura" o‘quv markazi rahbari Mashhura Yusupova taklif etildi va qizlarga oila va ishni birdek muvaffaqiyatli olib borish, yangi biznes boshlash va muvaffaqiyatli tadbirkor ayol bo‘lish sirlari haqida maxsus seminar-trening o‘tib berdi.

Treningda universitetning 150 nafar talaba qizlari qatnashdi. Treningda qizlar Mashhura Yusupovaga ro‘zg‘or va kareraning birdek uddasidan chiqish, yangi biznes boshlash haqidagi o‘zlarini qiziqtirgan bir nechta savollar berishdi. Qizlar bilishi kerak bo‘lgan hayotiy bilimlar, maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish, oilada baxtli va sog‘lom muhitni yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, treningda omadli raqam o‘yini o‘tkazildi. Trening boshlanishidan avval qizlarga maxsus raqamlar berilgan bo‘lib, xuddi shu raqamlarning nusxasidan uchta Mashhura Yusupova tanlagan omadli raqam egasi bo‘lgan qizlar "Mashhura" o‘quv markazida 50 foizli chegirma asosida o‘qish imkoniyatini beruvchi yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdi.

Top