20:09 / 07.04.2016
1714

Neymar: «Men Pogba bilan birga o‘ynashga qarshi bo‘lmasdim. U «Barselona» uchun mos futbolchi»

«Barselona» jamoasi hujumchisi Neymar Pol Pogbaning «Yuventus»dan kataloniyaliklar jamoasiga olib kelinishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabatini bildirib o‘tdi.

«Pogba «Barselona»ga juda mos tushgan bo‘lardi. Menga Polning o‘yinlari yoqadi, u bilan bir jamoada to‘p surish fikriga qarshi bo‘lmasdim.

Menga «Barselona»ning hozirgi tarkibidagi barcha futbolchilarning ham o‘yinlari yoqadi. Ularning barchasi fantastik. Messi – eng zo‘ri, Alves esa mening futbol olamidagi eng yaqin do‘stim.

Menda futbolkalarning kattagina kolleksiyasi mavjud. Ular orasida men professional futbolchi sifatida ilk o‘yinimda kiyganim, «Barselona» safidagi ilk o‘yinimda va Braziliya terma jamoasidagi ilk o‘yinimda kiygan futbolkalarim bor… Bu kolleksiya men uchun ko‘p narsani anglatadi.

Shuningdek, Messi, Suares, Ronaldino kabi kumirlarimdan olganlarim… Ular juda ko‘p! Bu kolleksiyaga Pogbaning futbolkasini qo‘shib qo‘yishni istayman», – deydi futbolchi.

Top