15:15 / 07.04.2016
1601

Pekinda ShHTga a'zo davlatlarning ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Doimiy guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi

2016 yilning 5-6 aprel kunlari Pekin shahrida ShHTga a'zo davlatlarning ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Doimiy guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.

Majlis davomida ShHT doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari va tashkilotning bo‘lajak tadbirlarida imzolanishi ko‘zda tutilgan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqildi. Xususan, ShHTga a'zo davlatlarning savdo-iqtisodiy sohalardagi ko‘p tomonlama hamkorlik dasturini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar Rejasini inventarizatsiya qilish va 2017-2021 yillarda tashkilot doirasida loyihaviy faoliyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar Ro‘yxatini tayyorlashga oid masalalar muhokama qilindi.

Shunigdek, Qirg‘izistonda ShHTga a'zo davlatlarning fan va texnologiya vazirliklari rahbarlari yig‘ilishiga tayyorgarlik jarayoni yuzasidan fikr almashildi.

Top