19:56 / 07.04.2016
1406

Qamaldagi Daur-az-Zorga qiruvchi samolyotlar hamrohligida insonparvarlik yordami yetkazildi

Suriyaning IShID jangarilari tomonidan qamal qilingan Daur-az-Zor shahriga insonparvarlik yordami yetkazildi. Xalqaro tashkilotlar buni bir necha oydan beri amalga oshira olmayotgandilar.

Xmeymim aviabazasidan insonparvarlik yordami yuki ortilgan Suriyaga tegishli Il-76 harbiy yuk samolyoti Rossiyaning Su-30 va Su-35 qiruvchi samolyotlari hamrohligida havoga ko‘tarildi.

Xalqaro Qizil Yarimoy jamiyatining oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lgan yuk to‘rtta parashyutli platformada shaharga tashlandi. Umumiy hisobda 30 tonna insonparvarlik yordamini yetkazishga muvaffaq bo‘lindi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Qamal qilingan shaharda 200 mingga yaqin odam yashaydi, ular oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa birinchi zaruratdagi mahsulotlarga qattiq ehtiyoj sezmoqdalar.

Top