11:00 / 07.04.2016
2233

Saudiya Arabistoni Green Card kabi tizim joriy etishni rejalashtirmoqda

Saudiya Arabistoni millionlab ekspatlariga (mamlakatda doimiy yashovchi fuqarolikni olmagan muhojirlar) AQSh loyihasi bo‘lgan Green Card kabi tizimni joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqida shahzoda Muhammad ibn Salmon Al Saud Bloomberg nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning fikriga ko‘ra, bunday siyosiy qaror qirollikning iqtisodiyotiga qo‘shimcha daromad keltiradi.

Shahzoda Muhammad Al Saud tomonidan bu haqida kengroq ma'lumot berilmagan.

Qirollikda hozirgi kunda to‘qqiz million xorijlik yashamoqda va ular butun mamlakat aholisining uchdan bir qismini tashkil etadi. Bu tizim yangi islohotlarni va maqsadlarni bajarishni rejalashtirgan mamlakatga neftga doir bo‘lmagan daromadlarni sezilarli darajada rivojlantirishga hamda 2020 yilga qadar yiliga qo‘shimcha 100 milliard dollar davlat byudjyetiga daromad keltirishga yordam beradi.

“Amerika Green Card tizimini takrorlash subsidiyalarni qayta ko‘rib chiqish, qo‘shimcha qiymat solig‘i, energiya manbalariga soliq, shirin ichimliklar va yuqori sifatdagi mahsulotlar soliqlarni kiritishga bo‘lgan qadamlar desak ham bo‘ladi”, - deb aytib o‘tdi shahzoda Muhammad Al Saud.

Shuningdek, intervyuda shahzoda Muhammad Al Saud yangi qonunchilik mamlakat iqtisodiyotining neftga bo‘lgan bog‘liqligini kamaytiradi va neftga doir bo‘lmagan xizmatlarni rivojlantirishga yordam beradi, degan umidda ekanligini qo‘shimcha qildi.

Top