08:48 / 07.04.2016
1620

Toshkent shahridagi “diskchi”ning uyidan 19 mln so‘mlik noqonuniy tovar-moddiy boylik topildi

Aslambek Zabirov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘z xonadonida bo‘sh disklarga har xil kinofilm va kliplar yozib, ularni Toshkentning aholi gavjum joylarida sotish bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlandi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.

SVOJJDLQK departamentining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda huquqbuzarning qing‘ir ishi fosh etildi.

Zabirovning uyi ko‘zdan kechirilganda, bu yerda 21 dona disklarga tez yozadigan qurilmalar joylashtirilgan kompyuter protsessori, rangli printerlar va juda ko‘p miqdordagi kinofilmlar va kliplar yozilgan tayyor disklar, boshqa zarur qo‘lbola moslamalar, texnik vositalar borligi aniqlandi.

Qonunga xilof ravishda ish tutgan huquqbuzarning uyidan 19 mln. so‘mga yaqin tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan qonunbuzarga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.

Top