16:11 / 07.04.2016
1974

Yaponlar eski go‘sht yoki baliqni fosh qiluvchi aqlli tasma ixtiro qilishdi

Yapon olimlari sifatsiz mahsulotlarni hattoki eng boshlang‘ich davridan boshlab aniqlovchi bir santimetrli shaffof tasma kashf qilishdi. Elektr toki o‘tkazilgan material biriktirilgan sezuvchi tasma bakteriyalar aminokislotalarni ko‘paytirishni boshlayotganlaridayoq gistaminlarni fosh qilish orqali ish beradi. Bu moddaning ozgina miqdori ham ovqatdan zaharlanish uchun yetarlidir.

Olimlar simsiz aloqa uchun sensorga mikroelektron qo‘shimcha kiritmoqchi, misol uchun smartfon bilan.

Bu ixtironing ixchamligini hisobga olganda, tadqiqotchilar yaqin uch yilda uning tijoriy prototipini yaratishga umid qilishmoqda.

Top