08:19 / 07.04.2016
1294

Yoqutistonda Boeing 737 samolyoti favqulodda vaziyat signali tufayli ortiga qaytdi

"Yakutiya" aviakompaniyasining Boeing 737-800 yo‘lovchi samolyoti bortida favqulodda vaziyat signali tufayli jo‘nagan punktiga qaytishga majbur bo‘ldi, deb xabar berildi "Interfaks" axborot agentligiga aviakompaniya matbuot xizmatida.

7 aprelda samolyot mahalliy vaqt bilan soat 04:01 da 29 yo‘lovchi bilan Yoqutistondan Xabarovskka uchib ketgan, biroq 04:59 da ortiga qaytib kelgan. Samolyot ekipajining bunday qilishiga samolyotning yukxona qismida yong‘in signalizatsiyasi ishga tushgani sabab bo‘lgan.

Axborot agentligi suhbatdoshining aytishicha, bu holat maxsus komissiya tomonidan taftish qilinmoqda. Yo‘lovchilar Xabarovskka An-24 samolyotida yetkazilishiga qaror qilindi.

Top