11:27 / 07.04.2016
1449

Zidan «Real»ning mag‘lubiyati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan YeChLning chorak finali doirasida «Volfsburg»ga qarshi kechgan birinchi uchrashuvdagi natija uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini bildirdi. Jamoa safarda kechgan uchrashuvda 2ta gol o‘tkazib yuborib, javob qaytara olmadi.

«Bu o‘zimizga ishonchsizlik tufayli emas. Bu futbol va unda shunday kunlar ham bo‘lib turadi. «Barselona» bilan o‘yindan keyin yuzaga kelgan jismoniy holat bo‘yicha muammolarni hal qila olmadik.

Murabbiy sifatida bu mag‘lubiyat uchun javobgarlikni to‘liq o‘z zimmamga olaman. Shuning uchun, nima bo‘lganini tushunish uchun o‘yinni tahlil qilmoqchiman va vaziyatdan chiqish yo‘llarini qidiraman. Futbolchilarim bilan faxrlanaman. Endilikda aytishim kerakki, natija mening aybim tufayli sodir bo‘ldi», — deya uning so‘zlarini keltiradi AS.

Top