22:34 / 08.04.2016
1786

Eron o‘z neftini Osiyoga arab neftidan arzonroq sotmoqchi

Rossiya va Saudiya Arabistoni kabi yirik neft oluvchi davlatlar neft olish hajmini muzlatish bo‘yicha kelishuvga kelishga urinayotgan bir paytda, Eron pastroq narxda neft sotib, o‘zining bozordagi ulushini oshirishga intilmoqda, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.

Eronning Milliy neft kompaniyasi may oyida Forozan Blend markasidagi neftni o‘zining raqobatchisi Saudi Aramco arab kompaniyasidan pastroq narxda sotadi, deb darak berilmoqda Bloomberg ma'lumotlarida. Eron Light markasidagi neftni Osiyo bozorida Yaqin Sharqda hozirda mavjud bo‘lgan boshlang‘ich narxdan pastroq narxda taklif qilmoqchi.

Eron milliy neft kompaniyasi may oyidan osiyolik mijozlar uchun Forozan neftini Ummon va Dubay neftidan 2,43 dollarga pastroq narxda sotmoqchi. Bu narx Saudi Aramco neftidan 3 sent kamroqni tashkil qiladi.

Eronning og‘ir nefti Osiyoda Ummon va Dubaydagi neftdan 2,60 dollar pastroq narxda sotiladi.

Top