07:15 / 08.04.2016
1655

Lipetsklik "Barselona" muxlisi o‘g‘liga Lionel Messi deb ism berdi

Rossiyaning Lipetsk shahrida yashovchi, "Barselona" muxlisi Nikolay Volkov o‘zining endi tug‘ilgan o‘g‘lini katalon klubi va Argentina terma jamoasining hujumchisi Lionel Messi ismi bilan atadi.

Baxtiyor ota o‘g‘lining tug‘ilgan kuni sanasi sevimli futbolchisiniki bilan mos tushgani sababli unga futbolchining ismini berishga qaror qildi.

Bolakay 24 martda, uning mashhur adashi esa 24 iyunda tug‘ilgan. Bu otaning o‘z o‘g‘liga Lionel Messi deb ism berishiga sabab bo‘ldi. Otaning fikricha, bunday ism uning taqdirini belgilab beradi.

"Mening butun oilam hayratda. Rafiqam boshida bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamadi, biroq keyin ko‘nikdi. O‘g‘limni 3-4 yoshida futbolga beraman", deb aytmoqda ota.

Nikolay o‘g‘liga ismni ukasi bilan birga tanladi. FHDYo xodimlari bunday noodatiy ismni tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga yozishga bazo‘r rozi bo‘ldilar. Ta'kidlanishicha, FHDYo xodimlari o‘z faoliyatlarida ko‘plab antiqa ismlarga duch kelgan bo‘lsalar-da, biroq hali hech kim o‘z farzandini Messining ismi bilan atamagan. 

Volkovning o‘g‘lining futbolchilik faoliyatiga rejalari katta. Bu nafaqat o‘g‘liga bergan ismi, balki bolaning onasining familiyasi sababli hamdir. Tug‘ruqxonada bolani onasining familiyasi – Xadji familiyasiga qayd qilishdi. Futbol muxlislariga o‘z vaqtida "Barselona" safida to‘p surgan ruminiyalik Georgi Xadji ismi yaxshi tanish.

Shu tariqa endi bolakayning ismi-familiyasida birdaniga "Barsa"ning ikki nomdor futbolchisining ismini uchratish mumkin.

Top