14:02 / 08.04.2016
2746

Marhabo Nuriyeva: Gulsanamni 10 yoshida akasi yoniga o‘tqazib, “Samarqand ushshog‘i”ni aytishni o‘rgatgan

O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovaning onasi Marhabo Nuriyeva san'atkorning bolaligi, san'at olamidagi ilk qadamlari xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. Suhbat “Huquq olamida” gazetasida e'lon qilindi.

— Ro‘zg‘or, ishdan ortib bolalarim bilan shug‘ullanishga vaqt topolmasdim. Xo‘jayinim olamdan o‘tgach, ro‘zg‘orning kam-ko‘stini to‘ldirish, bolalarimni boqish uchun ikki hissa ishlardim, — deydi Marhabo Nuriyeva.

— Uydagi muammolarni ko‘proq o‘g‘lim Otabek hal qilardi. Gulsanam 10 yoshiga yetganida “Marhabo, talantlar” tanlovida qatnashish uchun tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Sinfdosh dugonalari ko‘chada to‘ptosh o‘ynab dupur-dupur qilib vaqt o‘tkazgan davrlarda uning zimmasiga katta mas'uliyat tushgan. Shu bois dugonalari bilan bo‘lgan voqealarni eslolmayman. Faqat yodimda qolgani maktabdan kelganidan keyin akasi ko‘chaga chiqarmay yoniga o‘tqazib, “Samarqand ushshog‘i” atishni o‘rgatardi. Bu kuchli ovoz pardalarida aytiladigan avji baland qo‘shiq. Qizimga ichim achib, o‘g‘lim, singlingni qiynamagin, desam, "Yo‘q aya, astoydil harakat qilsak kutgan natijaga erishamiz. Bundan yaxshi san'atkor chiqadi", derdi.

Gulsanam 1991 yilda Toshkentda o‘tkazilgan “Marhabo talantlar” ko‘rik-tanlovida 10 ball bilan ko‘pchilikning olqishini olib qaytgan.

Top