16:14 / 08.04.2016
1495

Nissan sport elektromobili ishlab chiqarmoqchi

Yaponiyaning avtomobilsozlik sohasidagi yirik kompaniyalaridan biri Nissan muhandislari, elektrmotor va ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni birdek ishlab chiqarish imkonini beruvchi universal platforma ustida bosh qotirishmoqda. Bu haqda kompaniya vitse-prezidenti Siro Nakamura Auto Express nashriga ma'lum qilgan.

Yangi platforma asosida ishlab chiqarilgan Nissan avtomobili besh yillardan keyin paydo bo‘ladi. Nakamuraning so‘zlariga ko‘ra, yangi shassi hisobiga elektromobillar turini ko‘paytirish imkoni paydo bo‘ladi.

Xusasan, Nissan elektr sportkar yoki krossover ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Top