19:48 / 08.04.2016
1444

OAVda Ibrahimovichning keyingi jamoasi nomi aytildi

Shvetsiyalik tajribali futbolchi Zlatan Ibrahimovich «PSJ» jamoasi bilan shartnomasini 1 yilga uzaytirmoqchi.

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi prijliklar jamoasi rahbariyati bilan hozirgi maoshini saqlab qolishni nazarda tutadigan (yiliga 12 mln yevro) 1 yillik shartnoma tuzadi.

Xabarda aytilishicha, futbolchi 1 yildan keyin, 2017 yilning yozida «PSJ» jamoasi aksionerlaridan biri bo‘lgan Muhammad bin Hamad Al-Tani taklifiga ko‘ra Qatar klubiga o‘tadi va yangi jamoasida yiliga 50 mln yevro maosh oladi.

Bundan tashqari, Ibrahimovich 2022 yilgi jahon chempionati vaqtida promouter bo‘lishi mumkin.

Futbolchining «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2016 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Italyan nashri ma'lumotiga ko‘ra, agar parijliklar jamoasi Ibrahimovichni saqlab qolsa, Ronaldu yoki Neymarni taklif qilish variantini bekor qiladi. 7 aprel kuni Sky Sports nashri portugaliyalik futbolchi 60 mln yevro evaziga parijliklar jamoasiga kelib qo‘shilishi mumkinligi haqida yozgandi.

Ronalduning madridliklar jamoasi bilan shartnomasi 2018 yilgacha tuzilgan. «Real» uni transfer narxi yanada pasayishidan oldinroq sotib yubormoqchi. Shuningdek, futbolchining o‘zi klubdan ketishni istamoqda. Lekin u yiliga 20-25 mln yevro maosh to‘lay oladigan jamoa safiga o‘tmoqchi.

Ronaldudan tashqari, parijliklar «Barselona» futbolchisi Neymarning xizmatlariga qiziqish bildirgan. Braziliyalik futbolchining kataloniyaliklar jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilgacha tuzilgan, lekin jamoa bu shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti. «PSJ» futbolchini sotib olish uchun 193 mln yevroning bahridan kechishga tayyor va uning o‘ziga yiliga 20 mln yevro maosh tayinlamoqchi.

Zlatan Ibrahimovich: «Balki yozda futbolchilik faoliyatimni yakunlarman»

Manba: «Real» Ronalduni 60 mln yevro evaziga sotishga tayyor

«PSJ» «Barselona»ga Neymar uchun 193 mln yevro to‘lashga tayyor

As: «PSJ» Ibrahimovich ketsa, uning o‘rniga Aleksis Sanchesni olmoqchi

Top