09:50 / 08.04.2016
4933

O‘zDJTU mutaxassislari yapon tilidagi materiallar jamlanmasiga ega bo‘ldi

Yaponiya TIVning parlamentdagi o‘rinbosari Miki Yamada O‘zbekistonga tashrifi doirasida 7 aprel kuni nufuzli ta'lim muassasalariga yapon tilini o‘rganish bo‘yicha kitoblar va o‘quv materiallarini topshirdi.

"Miki Yamada O‘zbekiston-Yaponiya markazi, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga “Akie bunko“ kutubxonasi va “Toshiba“ xalqaro fondining yapon tilidagi o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, ishlanmalarni taqdim etdi", deya xabar beradi kun.uz mobil muxbiri.

Ta'kidlash kerakki, Yaponiya tarixi, madaniyati va tili haqidagi boy ma'lumotlarga ega mazkur jamlanmalar Yaponiya bosh vazirining rafiqasi Akie Abe tomonidan yuborilgan.

Top