07:36 / 08.04.2016
1385

Texasda ExxonMobil neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

AQShning Texas shtatidagi Beytaun shahrida joylashgan ExxonMobil neftni qayta ishlash zavodida 7 aprel mahalliy vaqt bilan 17:00 da katta yong‘in chiqdi. Olov ishlab chiqarish binolaridan birini qamrab oldi.  Guvohlarning aytishicha, olov 10 metrdan balandroqqacha ko‘tarilgan, olovdan tarqayotgan tutun esa bir necha kilometr uzoqlikdan ko‘ringan.

Bir necha soatlik urinishlardan keyin o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lishdi.

ExxonMobil vakillari yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmaganini aytishdi. Ular atrof-muhitga qanchalik zarar yetgani borasida ma'lumotlar keltirishmadi, biroq yaqin atrofdagi havo holati kuzatib borilishini ta'kidlab o‘tishdi. Mutaxassislar atrofdagi odamlarga hech narsa xavf solmayotganiga ishonch hosil qilish uchun havo namunalarini ola boshlashdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Yong‘in sabablari aniqlanmoqda.

ExxonMobil’ning Texasdagi zavodi yirikligi bo‘yicha AQShdagi neft-kimyo va neftni qayta ishlovchi 2-raqamli zavod hisoblanadi.

Top