12:24 / 08.04.2016
1403

Vetnam parlamenti mamlakat oliy xalq sudi raisi va bosh prokurorini aniqlab oldi

Vetnam sotsialistik respublikasi Milliy majlisi mamlakat prezidenti Chan Day Kuang tomonidan tasdiqlash uchun kiritilgan nomzodlarni Oliy sud raisligi va bosh xalq prokurori lavozimlariga tasdiqladi.

Sud raisligiga nomzod 58 yoshli Nguyen Xoa Binni parlamentning 95 foizi qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 64 foiz deputatlar yangi bosh prokurorni yoqlab ovoz berishgan. Bu lavozimga 56 yoshli Le Min Chi tayinlangan.

Vetnam parlamenti bugungi majlisida shuningdek, mamlakatning 2011-2016 yillardagi bosh vazirning ikki o‘rinbosari, 18 nafar vazirlik va turli idoralar rahbarlarini vazifasidan ozod etishi masalasini ham ko‘rib chiqadi.

Vetnamning 2016-2020 yillar uchun vazirlar mahkamasi yangi tarkibini bosh vazir Nguyen Suan Fuk ertaga parlament ixtiyoriga havola etadi.

Umuman, mamlakat rahbariyatning yangi tarkibi shu yil yanvar oyida Vetnam kommunistik partiyasining XII s'yezdida tasdiqlab olingan edi.

Top