11:28 / 09.04.2016
1791

Deep Purple, Cheap Trick va Chicago rok-n-roll shuhrati zali a'zosiga aylanishdi

Deep Purple, Cheap Trick va Chicago afsonaviy guruhlari Ohayo shtati Klivlend shahridagi rok-n-roll shon-shuhrat zali a'zosi bo‘lishdi, deb xabar qilmoqda The Hollywood Reporter.

Tantanali marosim, Bruklindagi Barclays Centerda bo‘lib o‘tgan.
N.W.A reperlari va amerikalik qo‘shiqchi va musiqachi Stiv Miller ham shunday sharafga munosib ko‘rildi.

Ilk qo‘shig‘i chiqqanidan so‘ng kamida 25 yil o‘tgan qo‘shiqchilar ushbu zal a'zosi bo‘lishlari mumkin. Nomzodlarni esa, musiqa tarixi mutaxassislari tanlab olishadi.

Janet Jyekson va N.W.A. reperlari rok-n-roll shon-shuhrat zali a'zosi bo‘lishi mumkinligi aytilgan edi.

Top