Suriyaning Halab viloyatida IShID terrorchilik guruhi bilan aloqador bo‘lgan jangarilar chekinayotgan paytda qoldirib ketgan minada bir guruh bolalar portlab ketdi, deb xabar bermoqda SANA axborot agentligi. Ulardan 6 nafari halok bo‘ldi, bir necha nafari jiddiy jarohatlar oldi.
Ma'lum qilinishicha, fugas Halab va Ar-Raqqa viloyatlari o‘rtasidagi chegarada joylashgan Darb-Hassan qishlog‘ida portlagan.
Voqea joyiga yetib kelgan hukumat qo‘shinlari 6 bolaning qishloqda jangarilar tomonidan o‘rnatilgan portlovchi qurilma portlashidan halok bo‘lganini qayd qilishgan.