22:29 / 09.04.2016
1304

Kerri “Tolibon”ni hukumat bilan muzokaralarga kirishga chaqirdi

AQSh Davlat kotibi “Tolibon” radikal guruhi jangarilariga zo‘ravonlikni to‘xtatib, Afg‘oniston hukumati bilan tinchlik muzokaralariga kirish chaqirig‘i bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Biz “Tobilon”ni tinchlik muzokaralariga, zo‘ravonlikka chek qo‘yuvchi qonuniy jarayonga kirishga chorlaymiz”, deb aytdi Kerri.

Kerri bu haqda Afg‘onistonga tashrifi davomida mamlakat prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bilan birga bergan matbuot-anjumanida aytib o‘tdi.

Top