19:29 / 09.04.2016
1795

Monakoda birinchi ukrain elektromobili namoyish qilindi

Ukrainada mamlakatdagi birinchi mahalliy elektrokar prototipi yaratildi. Bu haqda mashinani yaratgan "Electric Marathon International" kompaniyasi ma'lum qildi.

Mashina Synchronous deb nomlandi.

“Innovatsion elektr dvigatel, tomda o‘rnatilgan quyosh panellari, yangi muhandislik yechimlari bu mashinada harakatlanishni qulay qilishi kerak. Panoramali qoraytirilgan oyna va o‘rta asr karetalarini eslatuvchi tashqi ko‘rinish Synchronous’ga shaharda harakatlanish uchun ideal vosita bo‘lishi uchun imkon beradi”, deyilmoqda xabarda.

“Synchronous – elektr avtomobillar olamida o‘ziga xos, antiqa va nostandart yechimdir”, deyilmoqda kompaniyada.

Synchronous 6 aprelda Monakoda har yili o‘tkaziladigan ekologik sof toza transport bo‘yicha 11-anjuman EVER 2016’da rasman namoyish qilindi.

Avvalroq Ukrainada elektromobillar savdosi keskin oshib ketgani ma'lum qilingandi. Ekspertlarning fikricha, bunga mamlakatda 2016 yil 1 yanvardan olib kirish bojlarining bekor qilinishi sabab bo‘lgan. 

Top