23:10 / 09.04.2016
1517

Peruda avtobusning daryoga ag‘anashi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi

Peruning Kusko viloyatidagi Mapacho daryosiga yo‘lovchi avtobusining ag‘anashi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda El Comercio nashri.

Ma'lum qilinishicha, avtobus Puerto-Maldonado-Kusko yo‘nalishi bo‘yicha ketayotgan bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘lning xavfli qismida avtobus 20 metrlik jarlikka tushib ketgan.

Ta'kidlanishicha, avtobus 63 km/soat tezlik bilan ketayotgan bo‘lgan, biroq falokat vaqtida avtobusning tezligini kuzatishga imkon beruvchi yo‘ldoshli navigatsiya tizimi o‘chirilgan bo‘lgan.

Politsiya falokat sabablarini aniqlashtirmoqda.

Top