06:31 / 09.04.2016
1751

SpaceX kompaniyasi Falcon 9 raketasini dengiz platformasiga muvaffaqiyatli qo‘ndirdi

Dragon yuk kemasiga ega Falcon 9 raketa-tashuvchisi Florida shtatidagi Kanaveral burnidagi AQSh harbiy-havo kuchlari bazasidagi kosmodromdan muvaffaqiyatli fazoga ko‘tarildi. Raketa 9 aprelda Toshkent vaqti bilan 01:43 da uchirildi. Bundan tashqari, SpaceX birinchi marta raketaning birinchi pog‘onasini okeandagi suzib yuruvchi platformaga qo‘ndira oldi.

Dragon yuk kemasi yer atrofi orbitasiga olib chiqiladi va u XKSga suv, oziq-ovqat va ilmiy asboblarni yetkazib beradi. Kemaning XKS bilan birlashishi 10 aprelga rejalashtirilgan.

Falcon 9 raketasining quyi pog‘onasini qo‘ndirish birinchi marta amalga oshirildi. Bu 5-urinish bo‘ldi. Raketa Atlantika okeanidagi "Albatta, men seni hali ham sevaman" deb nom olgan dengiz platformasiga qo‘ndirildi.  

Raketaning orqaga qaytariluvchi birinchi pog‘onasi startdan keyin 2,5 daqiqa o‘tib raketadan ajraldi, so‘ngra SpaceX mutaxassislari uni platformaga qo‘ndirdilar.

Milliarder Ilon Mask kompaniyasi Falcon 9 parvozi va qo‘ndirilishini jonli efirda namoyish qilishdi. Translyatsiyani olib borgan kompaniya mutaxassislari jarayonni olqishlar va "AQSh" degan hayqiriqlar bilan qo‘llab-quvvatlab turishdi.

 

Top