09:31 / 09.04.2016
1286

Tramp Shon-shuhrat alleyasidagi yulduzidan mahrum bo‘lishi mumkin

AQSh prezidentligi uchun respublikachilar partiyasidan nomzod milliarder Donald Trampning Hollivud shon-sharaf maydonidagi yulduzini olib tashlash bo‘yicha so‘rov o‘tkazilmoqda. Uni allaqachon 16 mingga yaqin kishi imzolagan, deb xabar qilmoqda NBC News.

«Meril Strip, Bill Myurrey va Odri Xepbern kabi hurmatli insonlar qatori milliarderning ham bu maydonda o‘z yulduziga ega bo‘lishini haqorat deb tushunish mumkin. Bir paytlar realiti-shouning yulduzi bo‘lgan prezidentlikka nomzod, o‘z tashviqotlarining boshidayoq, irqiy, jinsiy va hasadga oid chiqishlari bilan ajralib turdi», — deyiladi 15 ming 467 kishi ma'qullagan petitsiyada.

Hollivud savdo palatasi rahbariyati esa, har qanday holatda ham yulduz shon-shuhrat alleyasidan olib tashlanmasa kerak, degan fikrni bildirishgan.

Donald Tramp mazkur yulduzga 2007 yili ega bo‘lgandi. O‘shandan beri, yulduz milliarder dushmanlari va vandallar tomonidan bir necha bor tahqirlangan edi.

Top