10:01 / 09.04.2016
1394

Xitoy sharqida ro‘y bergan YTH natijasida sakkiz kishi halok bo‘ldi

Sharqiy Xitoyning Shandun provinsiyasida avtobusning ikkita yuk mashinasi bilan to‘qnashuvi natijasida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 17 nafari esa jarohatlandi. Bu haqda Tsindao shahar politsiyasi o‘zining Weibo’dagi mikroblogida ma'lum qilgan.
Jarohat olganlarning barchasi shifoxonaga yotqizilgan. Xabar qilinishicha, ulardan birining ahvoli juda og‘ir, qolganlar esa yengil jarohat olgan. Politsiya voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan.

Top