23:18 / 09.04.2016
1353

Yaponiya bosh vaziri: Shimoliy Koreya ig‘vogarligi uchun katta haq to‘laydi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Shimoliy Koreya tomonidan o‘tkazilayotgan qit'alararo ballistik raketa dvigateli sinovlariga izoh berib, Shimoliy Koreya ig‘vogarligi uchun katta haq to‘lashini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Shimoliy Koreya dunyo hamjamiyatiga quloq solmayapti va o‘zining ig‘vogar harakatlarini davom ettirmoqda. Bunday ig‘volar uchun u albatta katta haq to‘laydi”, deb ta'kidlab o‘tdi Sindzo Abe.

Abe, shuningdek, Shimoliy Koreya tomonidan zo‘ravonlik bilan ushlab turilgan yapon fuqarolari muammosi borasida ham to‘xtalib o‘tdi. Uning aytishicha, bu masala hal qilinmasdan “yorug‘ kelajakni qurish mumkin emas va Shimoliy Koreya buni aniq anglashi lozim”.

Avvalroq Shimoliy Koreya qit'alararo ballistik raketalar uchun yangi turdagi dvigatelni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma'lum qilgandi.

Top