21:57 / 10.04.2016
1507

APL, 33 tur: «Liverpul» «Stok Siti»ni yirik hisobda yengdi

Angliya premer-ligasining 33 tur uchrashuvlari davom etmoqda. «Liverpul»o‘z maydonida «Stok Siti»ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi.

O‘yinning 8 daqiqasida mezbonlar himoyachisi Moreno hisobni ochdi. Mehmonlar hujumchisi Boyan Krkich 22 daqiqada bu golga javob berdi. Ko‘p vaqt o‘tmasdan Starrij yana «Liverpul»ni olding olib chiqdi.

Ikkinchi taymda mersisaydliklar safida Firminoning o‘rniga maydonga tushirilgan Oriji esa 2ta gol urdi va jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta'minladi.

Endilikda «Liverpul» hisobidagi ochkolar sonini 48taga yetkazdi va sakkizinchi o‘ringa ko‘tarildi. Yurgen Klopp shogirdlari bu o‘rinni aynan «Stok Siti»dan tortib oldi.

Liverpul – Stok Siti 4:1
Gollar: 1:0 – 8 Moreno, 1:1 – 22 Krkich, 2:1 – 32 Starridj, 3:1 – 50 Oriji, 4:1 – 65 Oriji.
Liverpul – Minole, Shkrtel, Styuart, Moreno, Ture, Odjo (Oriji, 46), Milner, Firmino (Lallana, 63), Allen (Leyva, 78), Klayn, Starridj.
Stok Siti – Xaugor, Vollshayd, Shoukross, Piters (Munesa, 82), Kemeron, Afellay, Imbula, Shakiri (Diuf, 71), Bardsli, Krkich (Xoselu, 71), Krauch.
Ogohlantirishlar: Piters (26), Shoukross (82).

Top