23:44 / 10.04.2016
9740

Dubayda dunyodagi eng baland bino qurilishi rejalashtirilmoqda

Dubayda dunyoning eng baland binosi Burj-Xalifa osmono‘par binosidan balandroq bino qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqda BAA qurilish kompaniyasi Emaar ma'lum qildi.

Qurilish kompaniyasi boshqaruv raisi Muhammad Alabbar bu bino qurilishi 1 mlrd dollarga aylanishini ma'lum qildi. Binoning balandligi qanday bo‘lishi oshkor qilinmayapti, bu haqda bino 2020 yilda qurib bitirilgach ma'lum qilinadi.

Qurilish kompaniyasida aytilishicha, bino "shaharning eng bashang qismi"ga aylanadi. Binoda tomosha maydonchasi, restoranlar, butiklar va mehmonxona joylashadi. Loyiha dizayneri ispaniyalik arxitektor va haykaltarosh Santyago Kalatrava Vals.

Hozirda dunyodagi eng baland bino Burj-Xalifaning balandligi 828 metrni tashkil qiladi. Binoning ko‘rinishi stalagmitni (g‘or ichida hosil bo‘ladigan konussimon hosilalar) eslatadi.

Top