10:41 / 10.04.2016
1319

Filippinda «Abu Sayyaf» guruhi hujumi tufayli 23 kishi halok bo‘ldi

Filippin janubidagi Basilan viloyatida mahalliy harbiylar va «Abu Sayyaf» guruhi jangarilari to‘qnashuvi natijasida 23 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Filippinlik harbiylarga 120 kishidan iborat qurollangan guruh hujum qilgan.

Filippin armiyasi mayori Filemon Tanning ma'lum qilishicha, bu hujumga jangarilar yetakchisi Isnilon Xapilon boshchilik qilgan. U haqdagi ma'lumot uchun AQSh Davlat departamenti tomonidan 5 mln dollar miqdoridagi mukofot e'lon qilingan.

"Men tasdiqlashim mumkinki, 18 harbiy halok bo‘ldi va 53 kishi jarohatlandi. Shuningdek, to‘qnashuv vaqtida 5 jangari o‘ldirilgan. Ulardan biri marokashlik Xapilonning o‘g‘li Ubayda", deydi manba.

Uning aytishicha, jangarilardan 20 nafarga yaqini jarohatlangan.

«Abu Sayyaf» «Al-Qoida»ning Filippindagi bo‘limi hisoblanadi. Bu guruh odam o‘g‘irlash, qotilliklar va portlashlar uyushtirish bilan shug‘ullanadi.

Top