22:40 / 10.04.2016
1500

«Lester» APLda ilk marta 5ta «quruq o‘yin» o‘tkazdi va gollari soni bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi

APLning 33-turida «Lester» «Sanderlend»ni 2:0 hisobida yengdi.

Bu orqali «Lester» o‘z tarixida ilk marta APLdagi qatorasiga beshta o‘yinda o‘z darvozasini «quruq saqladi». Bungacha jamoa «Uotford», «Nyukasl», «Kristal Pelas» va «Sauthempton» jamoalarini bir xil hisoblarda (1:0) mag‘lub etgandi.

Bundan tashqari, Klaudio Raneri shogirdlari bu o‘yindagi gollar orqali mavsumda urilgan gollar sonini 56taga yetkazdi va o‘z rekordini yangiladi. Jamoaning bundan oldingi eng yaxshi natijasi 1999/2000 yillar mavsumida qayd etilgan, o‘shanda jamoa 55ta gol urgandi.

Top