«Manchester Yunayted» jamoasi muxlislari APLning 33 turi doirasida o‘tayotgan «Tottenhem»ga qarshi safar o‘yini boshlanishi arafasida londonliklar jamoasini mazax qilishdi.
Mehmon jamoa muxlislari «You nearly won the leaguye…» (Siz ligani yutishga yaqinsiz) deya kinoya bilan kuylashgan va bu orqali aslida endi jamoa birinchi o‘rindagi «Lester»ga yeta olmasligiga ishora qilishgan.
"You nearly won the league...." #mufc fans serenade #thfc fans.
— Henry Winter (@henrywinter) 10 aprelya 2016 g.
Ayni vaqtda «Tottenhem» chempionat peshqadamidan 10 ochko ortda qolmoqda.
«Lester» «Sanderlend»ni safarda 2:0 hisobida yengib, ochkolari sonini 72taga yetkazdi va jamoa keyingi 3ta turda g‘alaba qilsa, muddatidan oldin chempion bo‘ladi.