21:49 / 10.04.2016
1289

Pekinda turar joy binosida gaz portlashidan keyin 160 dan ko‘proq odam evakuatsiya qilindi

Xitoy poytaxti Pekinda turar joy binosida gaz portlashi va undan keyin chiqqan yong‘in oqibatida 160 dan ko‘proq odam evakuatsiya qilindi, bir kishi halok bo‘ldi, deb yozmoqda "Fachji vanbao" gazetasi.

Yana 2 kishi jarohat olgan. Yong‘in maydoni 300 kv metrni tashkil qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar umumiy hisobda 8 kishini qutqarib qolishgan, deb ma'lum qilmoqda gazeta.

"Sinxua" axborot agentligi ma'lum qilishicha, maishiy gaz Xaydyan tumanidagi turar joy binosida kunduzi portlagan. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, uyda qurilish ishlari olib borilayotgan bo‘lgan. Ishlar davomida ehtiyotsizlik tufayli gaz quvuriga shikast yetkazilgan va buning oqibatida gaz portlab, yong‘in chiqqan.
Ushbu holat tergov qilinmoqda.

Top