15:06 / 10.04.2016
1568

Tinch okeanida qayig‘i halokatga uchragan 3 kishi orol qirg‘og‘ida palma yaproqlari orqali Help so‘zini hosil qilib omon qolishdi

AQSh sohilbo‘yi xizmati Mikroneziyadagi orollardan birida okeanda halokatga uchrab, omon qolgan kishilarni qutqardi. The Guardian nashrida yozilishicha, bu kishilarning qayig‘i Tinch okeanida ag‘darilib ketgach, ular orolga chiqib, u yerda 3 kun bo‘lishgan.

Nashrning yozishicha, 3 erkak "Skif" nomli 19 futli kemada o‘tgan haftaning dushanba kunida Tinch okeanining janubiy qismiga yo‘l olgandi. Kutilmaganda okeanda bo‘ron boshlanib, qayiq halokatga uchragan. Qayiqdagi kishilar esa orollardan biriga 2 km masofani suzib borishgan va u yerda 3 kun davomida najotsiz qolishgan.

O‘tgan haftaning payshanba kunida esa AQSh Harbiy dengiz kuchlariga tegishli samolyot Gonoluludan 2600 mil masofadagi Fanadik oroli qirg‘og‘ida palma yaproqlari orqali "Help" yozuvini hosil qilishganini payqashgan va halokatga uchragan kishilar qutqarilgan.

Ular yozuv hosil qilish bilan birgalikda qutqaruv nimchalarini silkitishgan.

Sohilbo‘yi xizmati vakilining aytishicha, ular o‘z harakatlari bilan omon qolishdi.

Top