17:53 / 10.04.2016
2021

«Yulduzlar jangi» MTV talqiniga ko‘ra yil filmi deb topildi

«Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi» filmi MTV versiyasiga ko‘ra, yilning eng yaxshi filmi sifatida taqdirlandi. Bu haqda MTV Movie Awards taqdimotidan reportaj uyushtirgan Justjared xabar bergan.

MTV talqiniga ko‘ra, Leonardo DiKaprio «Omon qolgan» filmidagi ijrosi uchun yil aktyori, Sharliz Teron esa «Telba Maks: G‘azab yo‘li» filmidagi ijrosi evaziga yilning eng yaxshi aktrisasi sifatida taqdirlangan.

Telekanali talqiniga ko‘ra, yil filmi sifatida e'tirof etilish uchun «Tafakkur: Altron erasi», «Krid: Rokki avlodi», «Dedpul», «Yura davri dunyosi» va «Ochlik ko‘chasi» filmlari da'vogar bo‘lgandi.

«Yulduzlar jangi» epopeyasining yettinchi filmi keltirgan daromadi bo‘yicha (2 mlrd dollar) uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Kino tarixida eng daromadgir kartinalar sifatida Jyeyms Kemeronning «Avatar» (2,78 milliard dollar) va «Titanik» (2,18 milliard dollar) filmlari qolmoqda.

Top