12:47 / 11.04.2016
1566

“Zapriolet” yoxud “Kabriorojyets” internet foydalanuvchilari hayratiga sabab bo‘ldi

“Feysbuk”dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida qora ranga bo‘yalgan va tashqi ko‘rinishi o‘zgartirilgan “Zaparojyets” avtomobili surati paydo bo‘ldi.

Suratdagi mashinaning qaysi viloyatda ekanligini aytish qiyin. Chunki unda davlat raqamlari mavjud emas. Shuningdek, uning ixtirochisi ham kim ekanligiga oydinlik kiritilmagan.

Guruh foydalanuvchilari qoldirgan izohlardan shuni anglash mumkinki, yangi “Zaparojyets” ularni qattiq hayron qoldirgan va hazil tariqasida uni o‘zlari bilganicha nomlashgan.

Top