19:01 / 11.04.2016
1547

Afg‘oniston sharqidagi portlash oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston sharqidagi Nangarhar viloyati hududida portlash yuz berishi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan va 27 kishi jarohatlangan. Bu haqda Pajvak agentligi xabar tarqatdi.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, terakt dushanba kuni Jalolobod shahrida amalga oshirilgan.

"Jaloloboddagi portlash tufayli o‘n ikki kishi halok bo‘lgan va 27 kishi jarohatlandi", deyiladi agentlikning tvitterida.

Hodisa tafsilotlari aniq aytilmagan.

Bugun, 11 aprel kuni Afg‘onistonda poytaxti Kobul shahrining Bagromiy ma'muriy dahasida tashkilot avtobusi portlatilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani va ular mamlakat ta'lim vazirligi xodimlari ekanligi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top