14:01 / 11.04.2016
1846

"Agro Invest Sug‘urta" AJ litsenziyasi to‘xtatildi

O‘zbekiston moliya vazirligi "Agro Invest Sug‘urta" AJ litsenziyasini 10 kunga to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqida vazirlik matbuot xizmati ma'lum qiladi.

Ma'lumki, "Agro Invest Sug‘urta" AJ 2014 yilning 21 oktabrida litsenziya olgan. Mazkur litsenziya umumiy sug‘urtalashning 17 sohasi bo‘yicha bitim tuzish huquqini beradi.

Moliya vazirligi kompaniyaning litsenziyasi to‘xtatilishi sabablarini ma'lum qilmadi.

Top