17:37 / 11.04.2016
1798

Amerikalik ayol 102 yoshida diplom oldi

Amerikalik Sesiliya Mishel Boarmen 102 yoshida diplom oldi. Bu haqda Metro nashri xabar berdi.

1957 yilda Boarmen Kentukki shtatidagi Breshiya universitetiga qabul qilindi, ammo o‘qituvchi bo‘lib ishlash uchun o‘quv maskanini tashlashga majbur bo‘lgan. Endi unga faxriy unvon topshirilgan.

Boarmenning so‘zlariga ko‘ra, u oradan shuncha vaqt o‘tib diplomni qo‘lga kiritayotganidan juda ham xursand. 102 yoshli amerikalik ayol – ayni damda hayot insonlar ichida o‘quv maskanining eng yoshi ulug‘ bitiruvchisiga aylandi.

Top