17:43 / 11.04.2016
1321

Buyuk Britaniya hukumati "Panama ishi" uchun 10 million funt ajratdi

Birlashgan qirollik hukumati "Panama hujjatlari" bo‘yicha tashkil etilgan maxsus komissiya faoliyatini moliyalashtirish maqsadida 10 million funt sterling (14 120 300 dollar) mablag‘ ajratdi. Bu haqda Britaniya hukumati tarqatgan ma'lumotlarga asoslangan holda RIA «Novosti» agentligi xabar berdi.

«Bosh vazir, soliq va bojxona masalalari bilan shug‘ullanuvchi xizmatga topshirilgan hujjatlarning to‘liq o‘rganib chiqilishi uchun moddiy mablag‘ ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi», — deyiladi rasmiy London xabarida.

Bundan avval, hukumat raisi Devid Kemeron huzurida ofshor mashmashasiga sabab bo‘lgan hujjatlarni o‘rganish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzilgani ma'lum qilingan edi.

Shu yilnng 3 aprelida OCCRP jahon davlatlari yetakchilari, siyosatchilar, sportchilar va madaniyat arboblarining ofshor bitimlariga aloqadorligini isbotlovchi maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilgach, Devid Kemeron ham jamoatchilik bosimi ostida qoldi. Kemeronning otasi ushbu ish markazida bo‘lib qolganlardan biri edi.

Kemeronning o‘zi, otasining ofshor jag‘armasidagi 30 ming funtlik aksiyalarga, bosh vazir bo‘lmasdan avval egalik qilganini tan olgan edi.

Top