10:40 / 11.04.2016
1529

G7 davlatlari Minsk kelishuviga rioya etishga chaqirdi

G7 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Ukrainadagi vaziyatni diplomatik yo‘l bilan tartibga solish zaruriyatini alohida qayd etishdi. Shuningdek, tomonlar Minsk bitimiga rioya etishga chaqirildi. Bu haqda TASS xabar berdi. 

“Tomonlar Ukrainadagi vaziyatni ham muhokama qildi va muammoni tinch diplomatik yo‘l bilan hal etilishi hamda barcha tomonlar, jumladan Rossiya va Ukraina ham, Minsk kelishuviga rioya etishining muhimligi ta'kidlandi”, -deyiladi Yaponiya tashqi siyosat vazirligi bayonotida.

Ma'lumot uchun, G7 (group of seven – “yettilik guruhi”) – Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Kanada, AQSh, Fransiya va Yaponiyani birlashtiruvchi xalqaro klub. Unda umumiy kelishuv asosida xalqaro faol muammolarga yondoshuv hal qilinadi.

Minsk bitimi – 2014 yil 5 sentabrida imzolangan bo‘lib, unda xususan, Ukrainaning ikki sharqiy viloyatida o‘t ochishni to‘xtatish nazarda tutiladi.

Top