23:16 / 11.04.2016
3049

Hindistonlik olim bir o‘rindiqli shaxsiy vertolyot yaratdi

Bir necha asrlardan beri odamlar dunyo bo‘ylab sayohat qilishlari uchun qulay va ishonchli transport vositalarini yaratishga intilishadi. O‘z vaqtida aravalar, paravozlar, velosipedlar, keyinroq esa avtomobillar va samolyotlar o‘ylab topilgan.

Zamonaviy transport vositalarida kuni bilan sayohat qilish, hattoki uzoq bo‘lgan masofalarni bosib o‘tish mumkin. Ammo hozirgi kunda ularning narxi va manzilga yetkazib qo‘yish uchun ketkazadigan vaqti bo‘yicha barchada savol tug‘ilmoqda. Chunki, hech kim tirbandlikda turishni va ularning reysi qachon kelishini kutishni istamaydi.

Ko‘p yillardan beri jamiyatda shaxsiy uchish apparatini yaratish haqida g‘oyalar paydo bo‘lgan. Hozircha bunday shaxsiy uchish apparatlari juda ham qimmat, ishlatishga tayyor emas yoki hayot uchun xavfli hisoblanadi.

Hindistonning Bangalor universiteti professori Chiranjith Barui o‘zining bir o‘rindiqli vertolyot kontseptini yaratdi. Konstruktsiyalashni tugatishdan avval iste'molchilar orasida so‘rov o‘tkazildi.

Iste'molchilarning xohishlari, talablari va ular kutayotgan xarajatlarning ma'lumotlariga asosan, vertolyotning 1:7 masshtabdagi ishlaydigan modeli yaratildi. Afsuski, vertolyotning havoda qancha uchib turishi haqida va uning qanday boshqarilishi haqida ma'lumotlar mavjud emas. Agarda loyiha muvaffaqiyatli yakun topsa, kelayotgan yillarda uchuvchi bilan boshqariladigan modellarni ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Top