17:25 / 11.04.2016
1383

Ibrahimovich «Manchester Yunayted»ga o‘tishi uchun shart qo‘ydi

«PSJ» jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich yozda «Manchester Yunayted» jamoasi futbolchisiga aylanishi mumkin.

Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, futbolchi manchesterliklar jamoasiga o‘tishga tayyorligini, lekin buning uchun Lui van Gaal jamoani tark etishini istashini aytgan. Zlatan va van Gaal o‘rtasidagi munosabatlar bu ikki shaxs «Ayaks»da bo‘lgan vaqtida buzilgandi.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, Ibrahimovichda Xitoy jamoasidan yiliga 70 million yevro to‘lashni nazarda tutuvchi taklif mavjud. Lekin futbolchi kuchliroq ligada o‘ynashni istamoqda va unga «Manchester Yunayted» varianti ma'qul. U yana 2 yil davomida yuqori saviyadagi futbol namoyish eta olishiga ishonch bildirgan.

Ibrahimovichning «PSJ» bilan shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar amal qiladi, hollandiyalik mutaxassisning «MYu» bilan shartnomasi esa 2017 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Top